Kontent qismiga oʻtish

Kitob

Vikiiqtibosdan olingan
Kitob

Qardosh loyihalar

Kitob — axborotlarni, gʻoya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik karashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targʻiboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Agar nodir fikrli insonga duch kelsak, undan qanday kitoblarni o'qishini so'rashimiz kerak[1].

Bitta kitob yozish uchun kutubxonaning yarimini oʻqish kerak.

Bugungi haqiqiy universitet kutubxonadir.

— T. Carlyle

Darsliklar ilmiy taraqqiyotning gʻanimidir va tobora dushmanga aylanmoqda.

Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yoʻqdir. Kitob fasohat, balogʻatda, latofatda tengi yoʻq, munofiqlikdan xoli hamrohdir. Yolgʻizlikda va gʻamli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, soʻzlarida yolgʻon va xato boʻlmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik yetmaydi. U oʻz doʻstining dilini ogʻritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan gʻiybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar yetadi. Kitobdek doʻst ichida barcha ilm-u hilm mujassamdirki, u kishilarni oʻtmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham: „Kitob aql qalʼasidir“, deganlar.

Insonning qiymati u oʻqigan kitoblar bilan oʻlchanadi.

Kimki kitobga koʻp boqsa, kitob uning zehnini ochadi, zavqini oshiradi, soʻzga chechan qiladi.

Kitob aqlning dorisidir.

Kitob bizning ichimizdagi muzlagan dengizga otilgan bolta.

Kitob insondan hech narsa tilamaydi, ammo uni kamolga yetkizadi.

Kitobi yoʻq olim – mevasiz daraxt[4].

Kitoblar — bu qalbning oziqidir.

Kitob odob-axloqning koni, bilimning esa bulogʻidir.

Kitoblar soni emas, ularning yaxshisi foyda keltiradi[5].

Seneka

Kitob yolgʻizlikdagi eng munis hamdamdir.

Kitob oʻqishning taʼmini biladiganlar, oʻqish dengiz suvini ichish bilan oʻxshashligini bilishadi. Ichganingizda jim boʻlasiz, qancha ichsangiz ham suvsaysiz va yana ichasiz.

Kitob oʻtmishdan ham, kelajakdan ham xabar beruvchidir.

Kutubxonalar ongni davolash joyidir.

— D. Scilus

Kitoblar insoniyat fikri durdonalarini to’plab, avlodlarga yetkazadi[6].

Oybek

Kutubxona ruxning dorisidir.

Kitob — boylik, sotib olingani emas, o‘qilgani[7].

Maqolga aylanib ketgan yoki alifbe va kitoblarni bezab turuvchi koʻpgina haqiqatlar agar biz uchun jonsizdek va siyqa gapdek tuyulmaganda edi, biz nihoyatda aqlli va juda baxtli odamlar boʻlardik[8].

Mushohada yuritmay turib, qancha ko’p o’qisangiz, shuncha ko’p bilayotganga o’xshayverasiz, agar o’qiyotganda qanchalik ko’p mushohada yuritsangiz, shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz[9].

Yangi kitobni birinchi marta oʻqishdan koʻra oʻqigan kitobni qayta oʻqish foydalidir.

Yaxshi kitoblar eng haqiqiy doʻstlarimizdir.

Yovvoyi xalqlardan tashqari har bir mamlakatni kitoblar boshqaradi.

Manbalar

[tahrirlash]
  1. „Kitob va mutolaa haqida buyuklar nima degan?“. Oyina.uz.
  2. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 19.
  4. Tursun 2006, s. 8.
  5. Voronsov 1989, s. 190.
  6. „Kitob haqida hikmatli so'zlar“. bukharalib.blogspot.com.
  7. „Kitob — boylik“. hikmatlar.uz.
  8. Voronsov 1989, s. 7.
  9. „Hikmatlar“. hikmatlar.uz.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.