Kontent qismiga oʻtish

Donolik

Vikiiqtibosdan olingan
Donolik

Qardosh loyihalar

Donolik, oqillik, bilimdonlik, donishmandlik — aql-u zakovatga egalik. Bu sifatga ega boʻlgan kishini dono, oqil, donishmand deyiladi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Agar buzruk va donolardan boʻlmoqni xohlasang, oʻz suratingni boshqalar oynasida koʻrgin[1].

Agar oqil odam nodonlar gurungiga tushib qolsa, ulardan izzat-ikrom kutmasin, agar nodon bemaʼni kalomi bilan oqilni yengsa, buning hech ajablanadigan joyi yoʻq, zero yoqutni tosh ham sindirishi mumkin[2].

Avvalo yaxshi axloqni, keyin donishmandlikni oʻrgan, chunki axloqli boʻlmay turib, donishmand boʻlish amri mahol[3].

Seneka

Azizim! Sen shunday yoʻl tutki, bu bilan sen haqiqiy odamga aylangin, bilim va tajriba sohibi boʻl, yaxshilar suhbatidan oʻzing uchun bir natija chiqar, yomon kishilar qilayotgan ishni koʻrib, ularga aslo koʻngil berma, behuda soʻzlovchilarning bemaʼni soʻzlari yuragingga taʼsir qilib, koʻngil oynasini xiralantirmasin! Doʻstni dushmandan ayirish yoʻlini oʻrgan:
Doʻsting uchun jonni fido aylagin,
Doʻstingni dushmandan judo aylagin.
Yaxshi ishga undar doʻsting har onda,
Yordam berar tashvish yetgan zamonda![4]

Donishmand — baqqolning doʻkoniga oʻxshaydi: borini indamaygina koʻrsatadi-qoʻyadi, nodon esa lashkar nogʻorasining oʻzi: ovozi baland-u ichi boʻm-boʻsh va gʻarib[5].

Dono bilan zindon ichida xurram,
Nodon bilan hatto boʻston jahannam![6]

Donoga yondoshgil, qoch nodondan san,
Hatto u xavflidir dono dushmandan[7].

Donolarning aytishicha, aqlli kishilar besh narsani yashirishlari lozimdir:
Birinchi, mol-u davlatiga nuqson yetsa, uni xalq oldida gapirib yurmasligi kerakki, uni aytgan bilan boyligi qaytib kelmaydi, oʻzini ochkoʻzlikda va befahmlikda ayblaydilar, hurmati ketadi.
Ikkinchi, aqlli hisoblangan kishi oʻzgalar qoshida gʻam-anduhdan shikoyat qilsa, uning beqarorligi va kulfatga chidami yoʻqligi maʼlum boʻladi, uning iztirobini koʻrgan odamlar ahli tadbir emasligidan ogoh boʻladilar.
Uchinchi, aqlli kishining oʻzidan yoki qavm-u qarindoshidan biror yaxshi yoxud yomon ish sodir boʻlsa bu haqda maqtansa yoki, aksincha, nolisa, bu ham aqllilik sifati sanalmaydi. Bunday paytda ham aqlli kishiga jim turish yarashadi. Aqlli kishi birov uchun yaxshilik qilsa va yordam qoʻlini chʻʻzib kulfatdan xalos etsa, bu paytda ham jim turmogʻi va bu qilgan yaxshiligini barchaga aytib yurmay, pinhon tutmogʻi kerak. Sheʼr:
Birovga yaxshilik qilsa har inson,
Har yerda maqtanib yursa zoʻr nuqson![8].

Dono suhbatidan bosh tortsa nodon,
Davrondan yaxshilik koʻrmas hech qachon[9].

Ey doʻst, ulugʻlarni izzat qil, foydasiz har narsaga aralashish va tortishuvdan saqlan[10].

Ikki narsa dildagi gʻam ofati: doʻst diydori, dono kishi suhbati[7].

Inson qanchalik dono va saxovatli boʻlsa, u kishilardagi yaxshilikni shunchalik koʻproq payqaydi[11].

Johil kishilar oldida kamtarlik qilmagil, aks holda ular nazarida sen tuban va sharmandadirsan. Haqir va notavon koʻrinmay desang, donolar oldida takabbur boʻlmagil[12].

Kishi qanchalik dono boʻlsa, u shunchalik yangi-yangi odamlarni topadi. Oʻrtamiyona shaxslar koʻpchilik orasida u qadar sezilmaydi[13].

Odamlar boshiga shunday zamon keladiki, unda dono kishining koʻzi quvonmaydi. Yana shunday zamonlar keladiki, qoplab mol-dunyo tentaklar qoʻliga oʻtib ketadi[14].

Oqil kishi dunyodagi rizqiga rozi boʻladi va mol toʻplashga mashgʻul boʻlmaydi. Oxirat amallari bilan shugʻullanadi. Chunki oxirat qaror topish va neʼmatlar uyidir. Dunyo foniylik uyi, u xiyonatkor, fitnakordir[15].

Oqillar zikrdan tafakkurga, tafakkurdan zikrga oʻtadilar. Qalblarining gapirishini talab qiladilar. Va nihoyat qalblari hikmatli soʻzlarni ayta boshlaydi[5].

Oqilning dunyo talabida boʻlishi johilning uni (dunyoni) tark etishidan afzaldir[16].

Oqilning qoʻrs odam bilan suhbatda boʻlishi johilning aysh-ishratga mukkasidan ketishiga oʻxshaydi[17].

Oqila xotin oʻz erining haqiqiy koʻmakdoshidir. Bunday xotin oʻz erining soʻzlarini hech vaqt yerda qoldirmaydi. Mensimasdan qaramaydi. Uni har bir ishda qoʻllab-quvvatlaydi. Ammo oqila xotin erga itoat qilish kerak ekan deb, er boshlagan har xil qabih yoʻllarga yuravermaydi, aksincha oʻz erining yomon va jinoyatga olib boradigan yoʻllardan qaytarad.

Oqil ul soʻzni oʻrinda soʻzlagay,
Ham javobini munosib koʻzlagay.

Oqil chin soʻzdin oʻzgani demas, ammo barcha chinni ham demak — oqil ishi emas[20].

Oz-oz oʻrganib dono boʻlur,
Qatra-qatra yigʻilib daryo boʻlur[21].

Qul-u ozodga maʼlum va ayon,
Dono tirikdir, oʻlikdir nodon[9].

Sening najotingga xayrixoh boʻlmagan kishidan hojatingni soʻrama[22].

Xatar kelishidan ilgariroq unga tayyorgarlik koʻrgan kishi oqildir[23].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 138.
  2. Tursun 2006, s. 66.
  3. Voronsov 1989, s. 28.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 38.
  5. 5,0 5,1 Tursun 2006, s. 65.
  6. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 65.
  7. 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 166.
  8. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 61.
  9. 9,0 9,1 Tursun 2006, s. 64.
  10. Tursun 2006, s. 115.
  11. Voronsov 1989, s. 42.
  12. Tursun 2006, ss. 64–65.
  13. Voronsov 1989, s. 38.
  14. Tursun 2006, s. 67.
  15. Tursun 2006, s. 90.
  16. Tursun 2006, s. 82.
  17. Tursun 2006, s. 59.
  18. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 181.
  19. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 115.
  20. Tursun 2006, s. 61.
  21. Tursun 2006, s. 8.
  22. Tursun 2006, s. 110.
  23. Tursun 2006, s. 68.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.