Toshloq
Toshloq | |
|---|---|
| shahar | |
| 40°28′0″N 71°46′37″E / 40.46667°N 71.77694°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| viloyat | Fargʻona viloyati |
| tuman | Toshloq tumani |
| Aholisi (1989) |
12 067[1] |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
| |
Toshloq — Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Toshloq tumanidagi shahar (1974-yildan), tuman markazi. 1974-yil 10-dekabrda Toshloq qishlogʻi oʻrnida tashkil etilgan. Aholisi 14,2 ming kishini tashkil etadi (2001). Yaqin temir yo'l stansiyasi — Oxunboboyev (5 km). Fargʻona shahridan 16 km uzoqlikda joylashgan. Toshloqda tuman hokimiyati binosi, maʼmuriy, davlat tashkilotlari, paxta tozalash zdi, Margʻilon "Atlas" firmasi filiali, non kombinati, tikuvchilik fabrikasi, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 3 ta umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, markaziy kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Toshloq — Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha avtobuslar doimiy ravishda qatnaydi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Population census-1989
- ↑ "Toshloq" OʻzME. T-harfi (Wayback Machine saytida 2018-10-28 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |