Kontent qismiga oʻtish

Sinizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sinizm (lot: Kynismos, grek: Kυνισμός) yoki siniklik – axloqiy meʼyorlarga, madaniy qadriyatlar va odob-axloq haqidagi tasavvurlarga ochiqdan-ochiq, nazar-pisand qilmaslik va mensimaslik ruhidagi munosabat[1][2][3][4].

Belgilangan yoki barcha axloqiy qadriyatlarga ongli ravishda va namoyishkorona bepisand munosabatni ifodalovchi xatti-harakat.

Dunyoqarash, unda axloqiy rasm-rusumlar amaliy masalalarni hal qilishda toʻsqinlik qiluvchi yoki ortiqcha deb qabul qilinadi, shuningdek, rahm-shafqat, achinish, uyat, hamdardlik kabi motivlarni shaxsiy manfaatga mos kelmaydigan deb inkor etadi.

Eʼtiqod va xatti-harakatdagi sinizm odatda shaxsiy maqsadlariga erishish uchun har qanday vositalarga murojaat qilishga tayyor boʻlgan odamlar (siniklar)ga xosdir[5]. Atrofdagilar tomonidan sinik deb qabul qilinadigan xatti-harakatlar koʻpincha jamiyat tomonidan qoralashga sabab boʻladi va mojaro keltirib chiqaruvchi omil sifatida namoyon boʻladi. [6]

  1. Tsinizm – Ushakovning Rus tili izohli lugʻati
  2. Tsinizm Wayback Machine – Kichik akademik lugʻat
  3. Sinizm — Yefremova tomonidan tuzilgan zamonaviy rus tili izohli lug‘ati. 
  4. Tsinizm[sayt ishlamaydi] – Romanova N. N., Filippov A. V. „Lugʻat. Nutqiy muloqot madaniyati: etika, pragmatika, psixologiya“, 2010-yil.
  5. Sinizm – „Politicheskaya nauka: Slovar-spravochnik (Siyosiy fan: Lugʻat-maʼlumotnoma)“, 2010-yildagi maqola.
  6. Tsinizm[sayt ishlamaydi] – Antsupov A. Ya., Shipilov A. I. „Konfliktolog lugʻati“, 2009-yil.