Shifr

Shifr (fransuzcha: chiffre, aynan — raqam; arabcha: صِفْر, sifr — nol) — maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan shartli belgilar majmui. Diplomatik vakillar (elchilar, attashelar va boshqalar)ning oʻz hukumatlari bilan maxfiy yozishmalarida, shuningdek, qurolli kuchlarda buyruq, farmoyish berishda va jangovar harakat, razvedka natijalari haqida xabar qilishda qoʻllanadi. Xabarning magʻzini chaqish (shifrovka) jumla, soʻz, boʻgʻin yoki alohida harflarni raqam yoki harflarga turli uygʻunlikda almashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Shifrlarni tushunish uchun kelishilgan tegishli shartdan (parol) xabardor boʻlish lozim. Shifrlangan matnning magʻzini chaqishda maxsus kalitlar tizimidan foydalanadi. Shifrni murakkablashtirish uchun qoʻsh shifr tizimi ham qoʻllanadi. Shifr maxfiy yozishmalar sirini saqlab qolishga hamma vaqt ham kafolat bera olmaydi, chunki davlatlarning razvedka xizmatlari shifrni yechish bilan muntazam shugʻullanib turadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Shifr“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Sh-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Shifr“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |