Sevilla
Sevilla | |
|---|---|
| Shahar | |
|
| |
| 37°23′0″N 5°59′0″W / 37.38333°N 5.98333°W | |
| Mamlakat | Ispaniya |
| Avtonom jamoat | Andalusiya |
| Provinsiya | Sevilla |
| komarka | Metropolitana de Sevilla |
| Hukumat | |
| Maydon | 14,131 km2 (5,456 kv mi) |
| Markazi balandligi | 12 m |
| Aholisi (2009) |
▲ 703 206 |
| Zichligi | 4984,88 kishi/km2 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
| Telefon kodi | (+34) 95* |
| Pochta indeks(lar)i | 410** |
|
| |
Sevilya — Ispaniyaning jan. qismidagi shahar. Andalusiya muxtor viloyati va Sevilya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 702 ming kishi (1998). Gvadalkvivir daryosi boʻyidagi port, dengiz kemalari ham kira oladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdo, sanoat va madaniy markazi. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika, kemasozlik va aviasozlik, qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish), oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo va neft kimyosi sanoatlari korxonalari mavjud. Arxeologiya, nafis sanʼat muzeylari, universitet (1502) bor.
Sevilla qadimda Gispalis deb atalgan. III asrda rimliklar, 712 yilda arablar bosib olgan. 1248-yilda Kastiliya va Leon qirolligiga qoʻshilgan. XV asrda Sdan Kolumbning 1ekspeditsiyasi yoʻlga chiqqan. XV—XVII asrlarda S. Yevropada eng yirik savdo shaharlaridan edi. Meʼmoriy yodgorliklaridan AlQasr saroyi (XII asr oxiri), gotika cherkovi (XIII—XIV asrlar), kafedrali sobor (sobiq Jome masjidi), "La Xiralda" qoʻngʻiroqxonasi (12, XVI asrlar) va boshqa saqlangan.[1]
Sevilla Ispaniyaning Andalusiya mintaqasida joylashgan shahar. Sevilla provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni — 141,31 km2. Aholisi — ▲ 703 206 kishi (2009).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ispaniya geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |