Seul
| 서울 Seul | ||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Andoza:Koyreyscha nom ma'lumot qutisi/NomQuti | ||||||||||||
| Qisqa Nomi | ||||||||||||
| Andoza:WikifyQalin matn | ||||||||||||
| Statistika | ||||||||||||
| ||||||||||||
| Joylashuv Haritasi | ||||||||||||
Seulning joylashuv haritasi. |
Seul — Koreya Respublikasining poytaxti. Xangan daryosi boʻyida, Sariq dengiz qirgʻogʻidan 100 km ichkarida. Iqlimi mussonli iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi—6,2°, iyulniki 24,7°. Yillik yogʻin 1200 mm. Aholisi 10,6 mln. kishi (1998). Seul avanporti — Inchxon bilan birga provinsiya huquqiga tenglashtirilgan alohida maʼmuriy birlik va yirik iqtisodiy rayonni tashkil etadi.
Seul ilk oʻrta asrlarda harbiy qalʼa sifatida vujudga kelgan. XIV asr oxirigacha kichikroq savdo shahri boʻltan. Mamlakatda Li sulolasi vujudga kelgach (1392), Seul — Koreya poytaxti. 1592—93 yillarda Seulni yaponlar bosib olib, vayron qilgan. 1905-yildan Seul Yaponiyaning Koreyadagi bosh rezidentining, 1910-yildan generalgubernatorining, 1948-yildan Janubiy Koreya xukumati bosh qarorgohi.
Seul — transport yoʻllarining yirik tuguni, dare porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Inchxon shahri bilan birga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining deyarli 50% ni beradi. Elektrotexnika, radioelektronika, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Metallurgiya sanoati rivojlangan. Metropoliten bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan 3 yarusli marmar Xyonmyotxap ibodatxonasi (1085), 8 darvozali shahar devori qolldiqdari (XIX asr oxirigacha Seul baland mudofaa devori bilan oʻralgan edi), Kyonbokkun saroy majmuasi (1394), Vongaks ibodatxona pagodasi (1467) va boshqa sakdangan. Seul — mamlakatning madaniy markazi: Davlat universiteti (1946), xususiy universitetlar, institutlar, teatr va xoreografiya institutlari, Milliy fanlar akademiyasi, ilmiy tadqiqot institutlari, kutubxonalar, muzeylar, kartinalar galereyasi, teatrlar bor. 1988-yilda Seulda 14-Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.[2]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ http://english.seoul.go.kr/today/about/about_12stat.htm
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |