Kontent qismiga oʻtish

Serenada

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Serenada (ital. sera — oqshom soʻzidan) — I) Yevropada eshik yoki deraza ortida turib maʼshuqaga boʻlgan hislarni ifodalovchi ishqiy qoʻshiq. Italiyada paydo boʻlib (XVI asr), jan. roman xalqlari orasida keng tarqalgan. Keyinroq kamer vokal musiqa janriga aylangan va operada ham qoʻllangan (M. Glinkaning "Bolero" romanei, V. Motsartning "Don Juan" operasidagi S. va boshqalar); 2) S. qoʻshiqlarining oʻziga xos tomonlarini ifodalovchi cholgʻu pyesa; 3) XVII—XVIII asrlarda cholgu ansambllari uchun yaratilgan turkum asarlar; 4) XVII—XVIII asrlarda tantanavor yigʻinlar uchun yozilgan asar (koʻpincha yakkaxonlar uchun kantata koʻrinishida boʻlgan).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil