Sano
| poytaxt | |
| 15°21′0″N 44°12′0″E / 15.35000°N 44.20000°E | |
| Mamlakat | Yaman |
| Asos solingan | I asr |
| Maydon | 126 km2 (49 kv mi) |
| Aholisi (2012) |
2 575 347 |
|
| |
Sano (arabcha: صنعاء) — Yaman davlati poytaxti. Mamlakatning gʻarbiy qismida, 2400 m balandlikdagi vodiyda joylashgan. Aholisi 450 ming kishi (1998). Iqlimi tropik iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 13,7°, iyulniki 21°. Yillik yogʻin 600 mm gacha. S. — mamlakatning savdotransport va sanoat markazi. Avtomobil yoʻli orqali Hoʻdayda porti (Qizil dengiz), Adan va Makka shaharlari bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Toʻqimachilik, qurolaslaha, mebel, tamaki, oziq-ovqat, sement, poyabzal korxonalari bor. S. — hunarmandchilikning yirik markazi: zargarlik va uyroʻzgʻor buyumlari, gazlama va boshqa ishlab chiqariladi. Shahar I asrdan maʼlum. 5—6 a.lardan Yamanning siyosiy markazi. Oʻrta asrlarda S. Orqali muhim savdo yoʻllari oʻtgan. VII asr oʻrtalaridan IX asr oʻrtalarigacha arab xalifaligi noiblarining qarorgohi, IX asr oʻrtalaridan XI asrgacha mustaqil davlat poytaxti. 1546— 1628 va 1871—1911-yillarda Turkiya qoʻl ostida boʻlgan. 1918—62 yillarda Yaman kirolligi, 1962—90 yillarda Yaman Arab Respublikasi, 1990-yildan boshlab Yaman Respublikasi poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan shahar koʻrgʻoni, Jome alKabir masjidi, karvonsaroylar saqlangan. 1982-yildagi zilzilada shahar kuchli zarar koʻrgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |