Kontent qismiga oʻtish

Parallaks

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Parallaks (yun. parallaxis — ogʻish) — fazoning biror nuqtasi (mas, yoritqich — sayyora, yulduz markazidan) Yer orbitasining radiusi koʻrinadigan burchak. Parallaks yoritgich bilan Yer orasidagi masofani aniqlashga imkon beradi. Agar yoritqichning Parallaksi maʼlum boʻlsa, trigonometrik formulalar yordamida uning Yerdan uzoqligini aniqlash mumkin. Sutkalik Parallaks — Yer radiusi bilan osmon yoritgichi koʻrinadigan chiziq orasidagi burchak (mas, Oy uchun sutkalik Parallaks 57’2"70, Quyosh uchun 8"80). Yillik Parallaks — Yer orbitasining katta yarim oʻqi bilan osmon yoritgichi koʻrinadigan chiziq orasidagi burchak[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil