Obodon
Obodon — Eronning janubi-gʻarbiy qismidagi shahar. Huziston ostonida, Shatt ul-Arab daryosi boʻyida, Fors qoʻltigʻi qirgʻogʻidan 50 km ichkarida. Aholisi 206,1 ming kishi (1997). Okean kemalari kira oladigan port. Yiliga 30 mln.t neftni qayta ishlab beradigan yirik zavod, neft-kimyo korxonasi bor. Neft konlaridan Obodonga neft quvurlari oʻtkazilgan. Obodon orqali chetga neft va neft mahsulotlari chiqariladi. Neft instituti, xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor.[1]
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shattul-arab (daryosi)ning sharqiy yoqasida Jazira al-xizr yoki keyinchalik Abbodon deb nomlangan yarim orolning shimoliy qismida asos solingan. Dastlab Basra koʻrfazi qirgʻogʻida boʻlgan esa-da, Shattul-arab tashigan allyuviylar sababli hozir dengizdan 50 km gacha ichkarida qolgan. Dunyoning eng katta neft tozalash korxonalariga va eksport imkonlariga ega portlaridan biridir.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]VIII yoki IX asrlarda Abbod ibn Husayn ismli din olimi tomonidan bunyod etilgan shahar asoschisining nomiga monand ravishda Abadon nomini olgan, biroq bu nom 1935-yilda Rizoshohning Erondagi arabcha joy nomlarini forschalashtirish siyosati natijasida Obodonga oʻzgartirilgan. Abbosiylarning ilk davrlarida diniy markaz boʻlgan Abadonda savdo-sotiqning ham rivoj topgani, bundan tashqari Basra hududining boʻyra va tuz talabi shu yerdan qondirilgani maʼlum. Shattul-arab atrofidagi tuzli botqoqliklarda oʻsgan qamishlardan foydalangan holda Abadonda tayyorlangan boʻyralar obodoniy nomi bilan dong taratgan. Misrda tayyorlangan boʻyralarga ham keyinchalik xuddi shu nom berilgan. IX asr tarixchilaridan Nosir Xusrav[2] Abadonni „Iroqning janubidagi yashash joyi“, XIV asrlarda esa Ibn Battuta „dehqonchilik maydonlaridan mahrum, tuzli vohada bunyod etilgan, ichida juda koʻplab masjid va rabotlar boʻlgan katta qishloq“[3] deya taʼriflaganlar. Ushbu maʼlumotlardan shaharning vaqt oʻtishi bilan qurilgan yillaridagi tarovatini yoʻqotgani anglashiladi. Keyinchalik atrofidagi yerlar tuzdan tozalanib, u yerda xurmo yetishtirishga imkoniyat yaratilgan.
Uzoq muddat usmoniylar hukmronligi ostida qolgan Abadon 1847-yildagi Erzurum kelishuviga asosan Eronga oʻtgan[4]
Iroq-Eron urushidan koʻp zarar koʻrgan boʻlishiga qaramay neft bilan bogʻliq faoliyatlar davom ettirilmoqda. Neft bilan bogʻliq korxonalarning barchasi 1979-yil inqilobidan keyin milliylashtirilgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nosir Xusrav. Safarnoma. 89;.
- ↑ Ibn Battuta. Tuhfa. – Bayrut: 1985. I, 210;.
- ↑ L. Lockhart. „Abbadan“. EI2 (Ing.). I, 5; Cevat Rüştü Gürsoy. „Abadan“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 6;.
- ↑ The Middle East and North Africa 1984-1985. – London: 1984. I, 111; II, 368, 373; M. Streck. „Abbâdân“. İA. I, 8; „Abadan“. The New Caxton Encyclopyedia. – London: 1966. I, 3..
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |