Kontent qismiga oʻtish

Mollyuskalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mollyuskalar (lot. Mollusca) — umurtqasiz hayvonlar tipi. Gavdasi, odatda, bosh, tana va oyoq boʻlimlaridan iborat (ikki pallalilardan tashkari). Tanasi mantiya deb ataladigan teri burmasi bilan oʻralgan. Mantiya bilan tanasi oraligʻida mantiya boʻshligʻi boʻladi. Bu boʻshliqda jabralar va boshqa organlar joylashgan. Ayirish, orqa chiqaruv va jinsiy teshiklar ham mantiya boʻshligʻiga ochiladi. Mantiya tananing orqa tomonida chigʻanoq hosil qiladi. Chigʻanoq tanani himoya qilib turadi. Harakat organi tananing qorin tomonidan hosil boʻladigan yassi yoki ponasimon yagona oyoqdan iborat. Ikkilamchi tana boʻshligʻi gʻovak biriktiruvchi toʻqima bilan toʻlgan; selom va uning qoldigʻi yurakoldi xaltasi (perikardiy)ni va jinsiy bezlar atrofidagi boʻshliqni hosil qiladi. Qon aylanish sistemasi tutashmagan; qon tomirlardan, hamda tana boʻshligʻi qoldiqdari — lakunlar va sinuslar orqali oqib oʻtadi. Yuragi qorincha va boʻlmacha deb ataladigan 2 ta yoki 4 ta kameradan iborat. Nafas organlari ktenidiy deb ataladigan jabralardan, quruqlikda va koʻpchilik chuchuk suvda yashaydigan M.da oʻpkadan iborat. Ayirish organi halqali chuvalchanglarnpnt metanefridiylariga oʻxshash tuzilgan bir juft naysimon buyraklardan tashkil topgan. Buyragi yurakoldi xaltasidan boshlanib, chiqarish sifoni deb ataladigan mantiya boʻshligʻiga ochiladi. Nerv sistemasi koʻpchilik M.da tananing turli qismida joylashgan 3 yoki 5 juft nerv tugunlaridan iborat. Tuban tuzilgan M. nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi hamda tana boʻylab joylashgan nerv stvollaridan tuzilgan. Ayrim M.ning bosh nerv tu-guni kuchli rivojlanib, bosh miyani hosil qiladi (boshoyokdilar). Faol hayot kechiruvchi turlarida sezgi organlari (koʻzlar, paypaslagichlar) rivojlangan. M. ayrim jinsli yoki germafrodit (qarang Germafroditizm). Dengiz Mollyuskalar tuxumidan troxofora yoki veliger (yelkancha) lichinkasi chiqadi. Boshoyoqlilar, quruqlik va chuchuk suv qorinoyoqlilari metamorfozsiz (oʻzgarishsiz) rivojlanadi.

M. yonbosh nervlilar va chigʻanoqlilar kenja tipiga boʻlinadi. 1-kenja tip 2 yoki 3 ta sinfga, 2tip 5 ta sinfga boʻlinadi. 130 mingga yaqin turi maʼlum. Yer yuzida juda keng tarqalgan; bir qancha turlari quruklikda va chuchuk suvlarda; koʻpchilik turlari dengizlarda hayot kechiradi. Koʻpchilik M. suv tubi (bentos)da yashaydi. M. suv hayvonlari uchun oziqa sifatida katta ahamiyatga ega. Bir qancha turlari (ustritsalar, kalmarlar, midiyalar, dengiz taroqchalari, tok shilligʻi) isteʼmol qilinadi. Marvariddorlardan marvarid olinadi. Marvariddorlar, midiyalar maxsus koʻpaytiriladi (qarang Akvakultura). Quruklikda tarqalgan ayrim M. (tok shilliq qurti, yalangʻoch shilliq) ekinlarni yeb, katta ziyon keltiradi. Chuchuk suv shilligʻi jigar qurtining oraliq xoʻjayini hisoblanadi.

Ld.:Mavlonov O., Xurramov Sh., Norboyev 3., Umurtqasizlar zoologiyasi, T., 2002[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil