Kontent qismiga oʻtish

Marshal

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Feldmarshal ertsgertsog Fridrixga tegishli boʻlgan marshallik shezli. Venadagi Harbiy-tarixiy muzey eksponati.
rossiya general-feldmarshalining mundiri. (1793-yil).

Marshal (fransuzcha: marchal) – 1) oʻrta asrlarda Fransiyada saroy mulozimlari unvoni (XVI asrgacha); 2) bir qancha davlatlar (Fransiyada XVI asrdan) armiyalaridagi oliy harbiy unvon; M. unvoni XIX asrda Ispaniya, Turkiya (mushir), Italiya, Yaponiya, XX asrda Buyuk Britaniya, Hindiston, Polsha, Finlandiya, Ruminiya, Xitoy, Koreya, Mongoliya, Bolgariya va boshqa davlatlarga kiritilgan. Buyuk Britaniya, Prussiya (keyinroq Germaniya), Avstriya (keyinrok, Avstro-Vengriya) va Rossiyada M. unvoni general-feldmarshal unvoniga muvofiq keladi. Hozirgi Rossiya armiyasida oliy harbiy unvon; 3) Polipada – baʼzi mansabdor grajdan shaxslar unvoni (seym M.li, seymvitse M.li).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil