Kontent qismiga oʻtish

Lutfi Aleskerzoda

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Lutfi Aleskerzoda (inglizcha: Lotfi Askar Zadeh, ozarbayjoncha: Lütfi Rəhim oğlu Ələsgərzadə; 4-fevral 1921[1], Ozarbayjon SSR, Novxanı — 6-sentyabr 2017[2], Berkley, Kaliforniya) — amerikalik matematik va faylasuf, „noaniq mantiq“ atamasi[3][4][5] muallifi va noaniq toʻplamlar nazariyasining asoschilaridan biri[6][7], Kaliforniya universiteti professori.

Lutfi Aleskerzoda taklif qilgan „noaniq mantiq“ matematika bilan odamlar muloqot va dunyo bilan oʻzaro aloqada boʻlishda tayanadigan intuitiv muloqot uslubini bogʻlashga urinish edi[8].

Novxanı[9] qishlogʻida, Boku yaqinida Lutfi Aleskerzoda (yoki Askar Zade) ismi bilan tugʻilgan. Otasi — Ragim Aleskerzade (1894–1980), jurnalist, aslida ozarbayjon millatiga mansub, Eron fuqarosi boʻlib, Ardabildan edi[10][11]; onasi esa — Feyga (Fanya) Moiseevna Korenman (1897–1974)[12][13][14][15] bolalar shifokori, asli kelib chiqishi boʻyicha yahudiy boʻlib, Odessadan edi[16][17][18][19]. Oilasi Ardabildan boʻlgan Ragim Aleskerzade Birinchi jahon urushi yillarida haftalik „Eron“ gazetasi xorijiy muxbiri sifatida Boku shaharga yuborilgan. U yerda u tibbiyot instituti talabasi Fanya Moiseevna Korenmanga uylandi, uning oilasi yahudiylarga qarshi pogromlar paytida Odessani tark etgan edi[20]. Yangi iqtisodiy siyosat yillarida u butunlay gugurt ulgurji savdosi bilan shugʻullangan. Oila Bokuda Aziatskaya va Maksim Gorkiy koʻchalari kesishmasida yashagan.

Birinchi sinfdan to toʻrtinchi sinfgacha Lutfi Aleskerzoda Bokudagi rus maktabi 16-maktabda oʻqigan[21], bolaligida juda koʻp kitob oʻqigan. Ham rus adabiyotining klassik asarlarini, ham jahon klassikasini ruscha tarjimalarda mutolaa qilgan. 1931-yilda mamlakatdagi ogʻir iqtisodiy vaziyat sabab Askerzade oilasi Eronga koʻchib oʻtdi[22]. Sakkiz yil davomida Tehrondagi Amerika kollejida (keyinchalik Alborz nomi bilan mashhur boʻlgan, oʻqitish tili fors tili boʻlgan missioner presviterian maktabi) oʻqidi, soʻngra Tehron universitetining elektrotexnika fakultetida tahsil oldi (1942-yilda tugatgan). Kelajakdagi rafiqasi Fanya Zand (turmushga chiqqandan soʻng Fey Zade, 1920–2017) asli Dvinskdan boʻlgan yahudiylar oilasidan chiqqan. U keyinchalik Germaniyaga koʻchib oʻtgan va u yerdan hokimiyat tepasiga natsistlar kelgach Tehronga qochib kelgan. Lutfi Aleskerzoda bu ayol bilan, u hali maktabda oʻqiyotgan kezlarda tanishgan[23]. Oradan koʻp yillar oʻtib, Fey Zade erining eng toʻliq biografiyasi — „Mening hayotim va noaniq mantiq otasi bilan sayohatlarim“ kitobining muallifiga aylandi[24]. 1998-yilda ingliz tilida nashr etilgan bu kitob 2001-yilda rus tiliga tarjima qilingan[25][26].

Universitetni tugatgach, Eron hududida joylashgan amerika qoʻshinlariga qurilish materiallari yetkazib berish bilan shugʻullangan otasi bilan birga ishladi. 1944-yil iyul oyida Qoʻshma Shtatlarga koʻchib bordi va sentyabr oyida Massachusets texnologiya institutiga oʻqishga kirdi (1946-yilda elektrotexnika muhandisligi boʻyicha magistr darajasini oldi). Uni tamomlagach, Kolumbiya universiteti aspiranturasiga oʻqishga kirdi va 1949-yilda dissertatsiyasini himoya qilgach, shu yerda muhandislik boʻlimida assistent boʻlib qoldi. Bu vaqtda uning ota-onasi ham Nyu-Yorkda yashagan (onasi shifokor boʻlib ishlagan)[27].

1959-yildan boshlab Kaliforniya universitetida ishlagan.

Lutfi Aleskerzoda 1965 va 2008-yillarda Bokuga tashrif buyurgan. 2008-yil dekabr oyida, olimning Bokudan Berkliga qaytganidan taxminan bir oy oʻtib, u yurak xurujiga uchraydi, kasallikdan forigʻ boʻlgach, yana ishga qaytadi[22].

2017-yil avgust oyida u Ozarbayjon prezidenti maʼmuriyatiga murojaat qilib, uni Ozarbayjonda dafn etishni soʻraydi[28]. Olim 2017-yil 6-sentyabrda vafot etdi. Vafotidan oldin u oʻzini musulmon udumlariga koʻra, dafn namozi oʻqilgan holda dafn etishni soʻragan edi[29]. Marhumning jasadi 29-sentyabr kuni Bokuga olib kelindi va Faxriy xiyobonda dafn qilindi[30][31][32]. 2018-yil 6-sentyabrda qabri ustiga Omar Eldarov tomonidan yodgorlik oʻrnatildi[33].

Ilm-fanga qoʻshgan hissasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1965-yilda noaniq toʻplamlar nazariyasiga oid asosiy ishini eʼlon qilib, unda bu nazariyaning matematik apparatini bayon qildi. 1973-yilda u noaniq mantiq (inglizcha: fuzzy logic) nazariyasini, keyinchalik esa yengil hisoblash (inglizcha: soft computing) nazariyasini hamda soʻzlar va tasavvurlar bilan hisoblash (inglizcha: computing with words and perceptions) nazariyasini taklif qildi.

Google Scholar maʼlumotlariga koʻra, 2011-yil noyabr holatiga uning ishlariga 88,7 mingta havola qayd etilgan boʻlib, ularning 26 mingtasi Information and Control[en] jurnalida chiqqan noaniq toʻplamlar haqidagi ilk maqolasiga tegishlidir[34]. 2017-yil oktyabr holatiga koʻra, Scopus 1950–1956-yillarda nashr qilingan Lutfi Aleskerzodaning asarlaridan 20 tasiga ishora qiluvchi 482 ta ilmiy ishni[35] va 1957-yildan hozirgacha nashr qilingan Lutfi Aleskerzodaninng 179 ta asariga ishora qiluvchi 53708 ta ilmiy ishni qayd etgan, ularning 36165 tasi 1965-yilda noaniq toʻplamlar haqidagi maqolaga ishora qiladi[36].

Lotfi Zadeninng qabri Faxriy xiyobonda, Boku.
  • Honda mukofoti (1989)
  • Richard Hemming medali (1992)
  • Kampe de Ferye mukofoti (1992)
  • Rufus Oldenburger medali (1993)
  • IEEE faxriy medali (1995)
  • Okava mukofoti (1996)
  • Egleston medali (2007)
  • Benjamin Franklin medali (2009)
  • Doʻstlik ordeni (7-fevral 2011-yil, Ozarbayjon) — madaniyatlararo muloqotni yoʻlga qoʻyishga ilm-fan va texnologiyalar rivojiga qoʻshgan hissasi orqali koʻrsatgan ulkan xizmatlari uchun[37].
  • BBVA Foundation Frontiers of Knowledge Awards (2012)
  • Nizomiy Ganjaviy nomidagi oltin medal (2016)[38].
  • „Oltin gʻoz“ mukofoti (2018)
  1. Матанет Багиева. Азербайджанцы за рубежом. Краткий биографический справочник.. Баку: Papirus NP, 2016 327—332-bet. ISBN 978-9952-8299-1-4. 
  2. „Скончался всемирно известный азербайджанский ученый Лютфи Заде“. 2017-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-sentyabr.
  3. Pelletier, Francis Jeffry (2000). „Review of Metamathematics of fuzzy logics Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (3-mart 2016-yil)“ (PDF). The Bulletin of Symbolic Logic. 6 (3): 342—346. JSTOR 421060. doi:10.2307/421060
  4. Vladimir Dimitrov, Victor Korotkich. „Fuzzy Logic: A Framework for the New Millennium“ // Springer-Verlag Berlin Heidelberg, 2013, ISBN 978-3-7908-2496-4. „This perspective emerges out of the ideas of the founder of fuzzy logic — Lotfi Zadeh, to develop soft tools for direct computing with human perceptions.“
  5. Lotfi Zadeh, inventor of ‘fuzzy logic,’ dies at 96 Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (30-sentyabr 2017-yil) // Berkley News.
  6. Dash, Sujata, Tripathy, B. K., Rahman, Atta ur. „Handbook of Research on Modeling, Analysis, and Application of Nature-Inspired Metaheuristic Algorithms“ // IGI Global, 2017, ISBN 1-5225-2858-X, 9781522528586. P.302 „Fuzzy Sets Fuzzy set was first introduced in the year 1965 by Lotfi A. Zadeh and Dieter Klaua“
  7. Kumar S. Ray „Soft Computing and Its Applications, Volume One: A Unified Engineering Concept“ // CRC Press, 2014, ISBN 1-926895-38-X, 9781926895383. P. 349 „As early as 1965, independent of Zadeh’s approach, the German mathematician Dieter Klaua[de] presents two versions for a cumulative hierarchy of many-valued sets.“
  8. Lotfi Zadeh, Father of Mathematical ‘Fuzzy Logic,’ Dies at 96 Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (30-sentyabr 2017-yil) // The New York Times.
  9. Herisçi H. Lütfi Zadə dünyaya nələr bəxş etdi…(ozar.) // Musavat. — 2017. — 15 avqust.
  10. Şahbazova Ş. Dünya şöhrətli azərbaycanlı alim(ozar.) // Azərbaycan. — 2011. — 4 fevral. S. 6.
  11. Social Security Death Records Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (8-sentyabr 2018-yil): (20 avgusta 1894 — avgust 1980).
  12. A Phenomenon in Modern Science or Who Are You Lotfi Zadeh? Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (14-iyul 2014-yil): Lotfi Zadeh with his parents, mother Feyga, father Rahim, 1970 (foto).
  13. Biography & Genealogy Master Index (BGMI) Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (18-may 2015-yil): V dannoy baze dannix devichya familiya materi Lotfi Zade ukazana kak Korenman (Fanny Alesker Korenman Zadeh).
  14. „Fanny Zadeh, Aug 21, 1897 — Jan 1, 1974, New York City“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-iyun.
  15. Fanny Zadeh (1897—1974)Andoza:Недоступная ссылка
  16. Jalilov O. Azerbaijani Genius, “Father Of Fuzzy Logic” Dies In U.S.(ingl.) // Caspian News. — 2017. — 7 September.
  17. „Анар Унугви «Жанет Селимова»“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-iyun.
  18. „World of Computer Science“. 2010-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-yanvar.
  19. Fay Zadeh. My life and travels with the father of fuzzy logic. TSI Press: Albukerke, 1998.
  20. „Жанет Селимова «Родина предков»“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-iyun.
  21. Меджидова Н. Скромный гений Лютфи Заде // Tibb qəzeti. — 2016. — 31 iyul.
  22. 1 2 Лютфи Заде: «Я бакинец и очень тепло отношусь к Азербайджану» // 1news.az. — 2011. — 11 yanvar.
  23. „Лотфи Заде и Россия“. 2011-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 8-yanvar.
  24. Fay Zadeh. My Life and Travels with the Father of Fuzzy Logic, 1998
  25. Fey Zade. Jizn i puteshestviya s otsom nechyotkoy logiki ot Fey Zade. Baku: Chashiogli, 2001. — 308 s.
  26. „Ф. Мамедов. Человеческий капитал: возможности культурологического подходак анализу и оценке“. 2022-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-yanvar.
  27. „Fanny Alesker-Zadeh: Medical license #073548 registered in the state of New York“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyun.
  28. „Лютфи Заде направил письмо президенту Азербайджана“. 2017-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-sentyabr.
  29. „Друг семьи: Тело Лютфи Заде доставят в Баку“. 2017-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-sentyabr.
  30. „Тело Лютфи Заде доставлено в Баку“. 2017-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-sentyabr.
  31. „Ильхам Алиев и Рамиз Мехтиев прощаются с Лютфи Заде“. 2017-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-sentyabr.
  32. „Лютфи Заде похоронили на Аллее почетного захоронения“. 2017-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-sentyabr.
  33. „На могиле Лютфи Заде установили памятник“. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-may.
  34. Interview with Professor Lotfi A. Zadeh(ingl.) // IEEE Computational Intelligence Magazine. — 2011. — November (vol. 6, no. 4). P. 13—17. ISSN 1556-603X. DOI:10.1109/MCI.2011.942578.
  35. Zadeh, Lotfi A. Publication range: 1949—1956 // Scopus.
  36. Zadeh, Lotfi A. Publication range: 1957 — Present // Scopus.
  37. „Распоряжение Президента Азербайджанской Республики о награждении орденом «Достлуг» Лютфи Заде“. 2021-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  38. „ABŞ-da Lütfi Zadəyə Azərbaycan medalı təqdim olundu“. 2017-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.