Kontent qismiga oʻtish

Kimyogar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kimyogar Gabriel Metsu (taxminan 1651–1667).

Kimyogar[1] — kimyoni oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan olim. Kimyogarlar moddaning tarkibi va uning xossalarini, molekulalar va ularning tarkibiy qismlari haqida, atom darajasi haqida izlanishlar o;ib borib ularni fanga tatbiq etadi. Kimyogarlar moddalar nisbatlarini, kimyoviy reaksiya tezligini va boshqa kimyoviy xossalarni diqqat bilan tekshirib oʻlchaydilar. Inglizlar hamdoʻstlik sifatida, farmatsevtlarni koʻpincha kimyogarlar deb atashadi.

Kimyogarlar oʻz bilimlaridan nomalum moddalarning tarkibi va xossalarini oʻrganish, shuningdek, koʻp miqdorda foydali tabiiy moddalarni koʻpaytirish va sintez qilish hamda yangi sunʼiy moddalar va foydali jarayonlarni yaratish uchun foydalanishadi. Kimyogarlar kimyoning har qanday kichik fanlari boʻyicha ixtisoslashgan boʻlib, Materialshunoslar va metallurglar kimyogarlar bilan bir xil bilim va koʻnikmalarga ega. Kimyogar muhandislarni vazifasi, birinchi navbatda eng yirik, tejamkor kimyo zavodlarini toʻgʻri loyihalash, qurish va baholash bilan shugʻullanadilar va sanoat kimyogarlari bilan yangi jarayonlarni ishlab chiqishda, kimyoviy moddalar va tegishli mahsulotlarni tijorat miqyosida ishlab chiqarish usullari haqida birgalikda ishlaydilar[2].

Rus kimyogari Dmitriy Mendeleev — elementlarning birinchi zamonaviy davriy sistemasi muallifi.
Antuan Lavuazye (1743-1794) „Zamonaviy kimyoning otasi“ hisoblanadi.

Kimyoning ildizlari yonish fenomeni bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Olov bir moddani boshqa moddaga aylantiruvchi sirli kuch boʻlib, insoniyatni birinchi navbatda qiziqtirardi. Bu temir va koʻzoynaklar kashf qilinishiga sabab boʻlgan. Keyinchalik Oltin topilib, qimmatbaho metalga aylandi, soʻng koʻpchilik boshqa moddalarni oltinga aylantirish usulni topishga qiziqa boshladi. Bora-bora bu qiziqish alkimyo deb nomlangan proto-fan yaratilishiga sabab boʻldi. Kimyogar soʻzi lotincha chimista soʻzidan olingan boʻlib, alchimista (alchemist) soʻzining qisqartmasi hisoblanadi. Alkimyogarlar zamonaviy kimyoning rivojlanishiga olib kelgan koʻplab kimyoviy jarayonlarni kashf qilishgan. Masalan, 1783-yilda Antuan Lavuazye tomonidan massalarning saqlanish qonuni ixtiro qilindi. Dmitriy Mendeleev tomonidan kimyoviy elementlarning kashfiyoti yaʼni davriy sistemani yaratdi. 1901-yilda taʼsis etilgan kimyo boʻyicha Nobel mukofoti, XX-asr boshidan beri kimyoviy kashfiyotlar haqida ajoyib maʼlumotlar berib kelmoqda.

Kimyogarlarni ishga qabul qilish talab qilinganida kamida kimyo boʻyicha bakalavr daraja va tadqiqotchilar uchun magistr yoki falsafa doktori (PhD)ni talab qiladi. Aksariyat bakalavriat dasturlari kimyo bilan bir qatorda matematika va fizika fanlariga bogʻliq, qisman kimyo fani „markaziy fan“ sifatida ham tanilgan, shuning uchun kimyogarlar fan haqida har tomonlama bilimga ega boʻlishlari kerak. Magistratura va undan yuqori darajalarda talabalar maʼlum bir sohaga ixtisoslashgan. Mutaxassislik sohalariga biokimyo, yadro kimyosi, organik kimyo, noorganik kimyo, polimerlar kimyosi, analitik kimyo, fizik kimyo, nazariy kimyo, kvant kimyosi, atrof-muhit kimyosi va termokimyo kiradi. Muayyan lavozimlar uchun doktorlikdan keyingi tajriba talab qilinishi mumkin[3].

Ishlari kimyo bilan bogʻliq boʻlgan, lekin kimyo darajasiga ega boʻlgan maʼlumotni talab qilmaydigan murakkablikdagi ishchilar odatda kimyoviy texniklar deb ataladi. Bunday texniklar oddiy xodim hisoblanib, klinik laboratoriyalarda muntazam tahlil oʻtkazish uchun dotsent darajasiga ega boʻlishi kerak. Kimyoviy texnolog kimyo boʻyicha texnikga qaraganda koʻproq bilimga va tajribaga ega. Kimyoviy texnolog boʻlish uchun oʻziga xos darajalar ham mavjud, ularga talaba professional kimyogar boʻlishga qiziqganda talab qilinadigan darajalardan biroz farq qiladi. Kimyoviy texnolog kimyoviy tahlillarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar va asboblarni boshqarish va ishlatish bilan kimyoviy texnikga qaraganda koʻproq maʼlumot bilishi kerak. Ular xomashyo, oraliq mahsulot va tayyor mahsulot sifati tahlil qiladigan kimyoviy laboratoriyalarda ishlashi mumkin. Ular, shuningdek, atrof-muhit sifatini nazorat qilish va kimyo zavodlarda ishlab chiqarish sohalarida ishlaydilar.

Kimyogarlarning uchta asosiy ish beruvchisi boʻlib bularga — akademik institutlar, sanoat, ayniqsa kimyo sanoati, farmatsevtika sanoati va davlat laboratoriyalari kiradi.

Kimyo odatda bir nechta asosiy kichik fanlarga boʻlinadi. Bundan tashqari, kimyoning bir nechta asosiy ixtisoslashgan sohalari mavjud. Kimyoning turli sohalarda, biologiya, tibbiyot, fizika, radiologiya kabi boshqa ilmiy sohalar va bir nechta muhandislik fanlari bilan bogʻliq.

Kimyoning yuqoridagi barcha asosiy sohalarida kimyogarlar ishlaydi. Kimyoviy darajalari foydali boʻlgan boshqa sohalarga astrokimyo, atmosfera kimyosi, kimyo muhandisligi, kimyo-informatika, elektrokimyo, sud ekspertizasi, geokimyo, kimyo tarixi, materialshunoslik, tibbiyot fanlari, molekulyar biologiya, molekulyar genetika, nanotexnologiya, yadro kimyosi, oenologiya, metallorganik kimyo, neft-kimyosi, farmakologiya, fotokimyo, fitokimyo, polimerlar kimyosi, supramolekulyar kimyo va sirt kimyosi kitradi.

Professional jamiyatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kimyogarlar — Buyuk Britaniyadagi Qirollik Kimyo Jamiyati va Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Amerika Kimyo Jamiyati (ACS) kabi kimyo sohasidagi mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun maxsus kasbiy jamiyatga asos solgan.

Faxr va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1901-yildan boshlab kimyogarlarga beriladigan eng yuqori mukofot Shvetsiya Qirollik Fanlar Akademiyasi tomonidan beriladigan kimyo boʻyicha Nobel mukofoti hisoblanadi.

  1. „the definition of chemist“. www.dictionary.com.
  2. Hogeveen, H.; Lukas, J.; Roobeek, C. F. (1969). "Trapping of the methyl cation by carbon monoxide; formation of acetic acid from methane" (en). Journal of the Chemical Society D: Chemical Communications (16): 920. doi:10.1039/c29690000920. ISSN 0577-6171.
  3. McEwan, Murray J.; Denison, Arthur B.; Huntress, Wesley T.; Anicich, Vincent G.; Snodgrass, J.; Bowers, M. T. (1989). "Association reactions at low pressure. 2. The methylium/methyl cyanide system". The Journal of Physical Chemistry (American Chemical Society (ACS)) 93 (10): 4064–4068. doi:10.1021/j100347a039. ISSN 0022-3654.