Jamshid Zokirov
| Jamshid Karimovich Zokirov | |
|---|---|
| Tavalludi |
11-iyul 1948-yil |
| Vafoti |
7-aprel 2012-yil (63 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | Aktyor |
| Faoliyat yillari | 1971—2012 |
| Mukofotlari |
|

Jamshid Karimovich Zokirov (11-iyul, 1948[1]—7-aprel, 2012[2]) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kino va teatr aktori.
Hayotining soʻnggi yili davomida saraton kasalligi bilan kurash olib borgan Jamshid Zokirov 2012-yil 7-aprelida vafot etdi[2].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamshid Zokirov 11-iyul 1948-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 1971-yil Ostrovskiy nomidagi teatr va rassomchilik san'ati institutini tamomlagan. 1971-yildan Hamza teatri - Oʻzbek milliy akademik drama teatrining aktyori. Eng yaxshi rollari: Albert („Oqshomdan tushgacha“), Farhod („Kuzning birinchi kuni“), Xolmat („Boy ila xizmatchi“), Erkak („Taqdir eshigi“), Stepan („Mardikor“), Erkak („Aldagani xotin yaxshi“) va b. Kinoda Ota („Orzular ogʻushida“), Hakim („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Olimtoy („Temir xotin“) kabi rollarni oʻynagan va videofilmlarda suratga tushgan: Dekan („Domla“), militsioner („Tartib“), Sharif Nomozov („Shaytanat“) va boshqalar. 1995-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan[1]. Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovaga uylangan. Vafotidan soʻng 2026-yil 28-mayda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan[3].
| Bu boʻlim chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Тақдир эшиги
Шайтанат
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 Жамшид Зокиров оламдан ўтди (Wayback Machine saytida 2012-04-15 sanasida arxivlangan), uzbekona.uz
- 1 2 3 Jamshid Zokirov olamdan oʻtdi (Wayback Machine saytida 2014-10-18 sanasida arxivlangan), kun.uz
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-maydagi „Mamlakatimizda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida“gi farmoni“. president.uz (2026-yil 28-may). 2026-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 28-may.
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |