Kontent qismiga oʻtish

Jala

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Jala – shiddat bilan yogʻadigan qisqa muddatli atmosfera yogʻini; kuchli yomgʻir. Baʼzan, hoʻl qor, qor uchqunlari aralash yogʻadi. J.ning yogʻish jadalligi har soatda 100 mm gacha yetadi. J. bulutdan emas, balki atmosferadagi sovuq frontda (qarang Atmosfera frontlari) joylashgan nobarqaror havo massalaridan yoki konveksiya natijasida yogʻadi. Xalq hoʻjaligiga, ayniqsa qishloq hoʻjaligiga zarar yetkazishi, suv toshqinlariga sabab boʻlishi mumkin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil