Divertisment
Qiyofa
Divertisment (frans. divertissement — koʻngil ochish) — 1) 17— XVIII asrlarda drama (baʼzan opera, balet) spektakllarining qoʻshimcha yoki yakuniy qismi. Odatda spektakl mazmuniga bogʻliq boʻlmagan raqs va qoʻshiqlar, hajviy-mutoyibali sahnalardan iborat. XIX asrning 70-y.laridan boshlab varyete, kabare kabi estrada teatrlarida yigʻma konsert dasturi; 2) Yevropada XVIII asrning 2-yarmida turli tarkibdagi ansambl yoki orkestrlar uchunyaratilgan (mas, Y. Gaydn, V. A. Motsart va b.) cholgʻu musiqa asari. XIX asrda popurri janriga aylangan. XX asrdan "D." atamasi koʻproq balet nomerlaridan tashkil topgan s/oshyaasimon asarlarga nisbatan qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |