Kontent qismiga oʻtish

Delfa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Delfa — Fokida (Oʻrta Gretsiya) ning janubi-garbida, Parnas togʻi etagida joylashgan yunon shahri. Mil. av. VIIVI— asrlarda umumyunon diniy marka-zi boʻlib, meʼmoriy yodgorliklar (Apollon ibodatxonasi orakul va b.) saqlangan. Mil. av. VI— asrning boshlarida D.da 4 yilda 1 marta umumyunon Pifiy oʻyinlari oʻtkazilgan. Bu vaqtda muqaddas osoyishtalik, tinchlik hukm surgan. D.da Apollonga atab juda koʻp nazrniyoz keltirilgan. Bu boyliklar D.ning yuksalishiga sabab boʻlgan. Mil. av. I— asrning 80-yillarida D. frakiyaliklar va b. qabilalar tomonidan talangan. Mil. I— asr oxirida D.dagi ibodatxona kayta tiklangan. Orakul faoliyati mil. II— asrda bir muncha jonlangan (soʻnggi bor orakulga III— asrda murojaat qilinganligi maʼlum); ibodatxona Rim imperatori Feodosiy I tomonidan taxminan 390 yil rasman yopib qoʻyilgan. Hoz. D. — kichik aholi punkti. D. yodgorligidan 1892 yildan boshlab fransuz arxeologlari olib borgan qazishlar natijasida ikki muqaddas maskan (uchastka) — Apollon va Afina maskanlari ochildi: Apollon Pifiy ibodatxonasi (mil. av. VI— asr, meʼmorlar Ksenodor va Agaton tomonidan mil. av. IV— asrda kayta qurilgan) boʻrtma tasvirlar bilan bezatilgan (muzeyda saqlanmoqda). Sifniylar (taxminan mil.av. 525), afinaliklar (mil.av. V— asr boshlari) xazinalari, us-tunlari (galereya — ustunli peshayvon, mil.av. 475), teatr (mil. av. II— asr) va b. bor. Afina Pronoya muqaddas ibodatxonasining eski (mil. av. VII— asr oxiri) va yangi (mil. av. VI— asr oxiri) asoslari, aylana tarxli — folos — makbara (mil. av. IV— asr boshlari), stadion (mil. av. VI— asr), gimnasiy (mil. av. VIV— asrlar) va b. oʻrganilgan. D.da arxeologik muzey tashkil etilgan. D. meʼmoriy yodgorliklari Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil