Kontent qismiga oʻtish

Dehqonobod tumani

Dehqonobod tumani
Дехканабадский район
Oʻzbekiston tumanlari|tuman
Tarkibida Qashqadaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Qorashina
Hokim Sherzod Shokirov[1]
Aholi (2025-yil 1-yanvar) 162,7 ming kishi
Maydoni 4000 kv.km km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Rasmiy sayti http://dehqonobod.uz/
Xaritada
Dehqonobod tumani xaritada
38°20′23.3″N 66°33′44.3″E / 38.339806°N 66.562306°E / 38.339806; 66.562306

Dehqonobod tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatida joylashgan boʻlib, 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Gʻuzor tumani bilan birlashtirilgan. 1971-yil 31-avgustda qayta tuzilgan). Dehqonobod tumani viloyatning janubi-sharqida joylashgan. Shimoli-gʻarbda Gʻuzor tumani, shimoli-sharqda Qamashi tumani, janubi-sharqda Surxondaryo viloyatining Boysun va Sariosiyo tumanlari, gʻarbda Turkmanistonning Lebap viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 4,0 ming km2. Aholisi 162,7 ming kishi[2] (2025). Dehqonobod tumanida 1 ta shaharcha (Qorashina), 14 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshqoʻton, Bibiqorasoch, Bozortepa, Boshchorboq, Duob, Obiravon, Oqirtma, Oqmachit Oqrabot, Oqtosh, Qizilcha, Qirqquloch, Qorashina, Qoʻrgʻontosh) bor. Markazi — Qorashina shaharchasi[3].

Dehqonobod istirohat bog'i

Relyefi oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (Hisor tizmasining gʻarbiy tarmoqlari — Bobosurxok, Qora sirt), past togʻlar (Oqtosh, Sayfi, Kesik, Usmontov, Tepaqoʻrgʻon) va togʻ oldi qiya tekisliklaridan iborat. Tumanda neft, gaz, osh tuzi (Boybichakon, Govxona), kaliy tuzi (Odamtosh, Tepaqoʻton) va qurilish materiallari (ohaktosh, shagʻal, gips) mavjud. Iqlimi kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 0,6°, iyulniki 28,4°. Yiliga oʻrtacha 277 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Gʻuzordaryoning irmoqlari: Katta Oʻradaryo va Kichik Oʻradaryo oqib oʻtadi. Tumanning janubi-gʻarbiy qismida yozda qurib qoladigan Qizilcha va Gajaksoy kabi soylar bor. Pachkamar, Dehqonobod suv omborlari qurilgan. Dehqonobod tumanining togʻli qismida yupqa togʻ-qoʻngʻir tuproq, togʻ oldi va tekislik qismida och boʻz tuproq (baʼzan shoʻrxok va qumoq tuproqlar) uchraydi. Tuman hududida archa, zarang, uchqat oʻsadi. Past togʻ etaklarida pistazorlar bor. Shuvoq, shoʻra, yantoq, efemerlar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tuman togʻli qismida qoplon, ayiq, qobon, togʻ echkisi, boʻri, tulki, jayra, sugʻur va boshqalar uchraydi. Kemiruvchilardan kalamush, sichqon, qushlardan kaklik va boshqalar yashaydi.

Aholisi, asosan oʻzbek va tojiklardan iborat. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 40,7 kishi. Shaharliklar 30,9 ming kishi, qishloq aholisi 131,8 ming kishi[2] (2025-yil).

Tumandagi eng yirik korxona Dehqonobod kaliy zavodi hisoblanadi. Zavod 2011-yil 6-iyuldan buyon kaliyli tuzlar ishlab chiqarmoqda. Mahsulotlarning 80 foizi chet elga eksport qilinmoqda. DKZ 2021-yil 1-dekabr holatida 447,85 mlrd. soʻm jami tushum, 7,90 mln. soʻm sof foyda olgan[4]. Tumanda bir qator kichik xususiy sexlar ham mavjud. Dehqonobod tumani xoʻjaligining asosini chorvachilik va dehqonchilik tashkil qiladi. Ekin maydon 47,4 ming ga, koʻp yillik daraxtzorlar 2,1 ming ga, yaylovlar 237,4 ming ga. Yaylovlarda qorakoʻl qoʻylari, hisori qoʻylar, angor zotli echkilar, qoramol, yilqi boqiladi. Dehqonobod tosh kesish karyeri, junni qayta ishlash zavodi, konserva tayyorlash sexi mavjud. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti, Gʻuzor — Qumqoʻrgʻon temir yoʻli oʻtgan.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000/01-oʻquv yilida 88 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, internat litseyi faoliyat koʻrsatdi. Tumanda „Togʻ goʻzali“ ashula va raqs ansambli, „Qoʻngʻirot“ folklor etnografik ansambli, 27 kutubxona, 11 qishloq klubi bor. Markaziy kasalxona, 6 qishloq uchastka shifoxonasi, 56 qishloq feldsher-akusherlik shoxobchasi, 7 qishloq vrachlik punkti, 7 dorixona mavjud boʻlib, 650 ga yaqin oliy va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1972-yildan „Dehqonobod ovozi“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 2000).

Moddiy madaniy meros obyektlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dehqonobod tumanida 40 ta obyekt Oʻzbekiston Respublikasining Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[5].

Arxeologiya yodgorliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda jami 33 ta arxeologiya yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.

Obyekt toʻliq nomiObyekt davriObyekt manziliKoʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1DunyotepaXVI asrBogʻchorbogʻ MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
2MinortepaXIII asrBogʻchorbogʻ MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
3TillatepaXVI asrBeliboyli MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
4XumdontepaXI—XIII asrlarPaxtachi MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
5ChashtepaXI—XII asrlarObirobon MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
6GaburdentepaXII—XV asrlarDuob MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
7QoʻrgʻontepaXI—XIV asrlarBogʻchorbogʻ MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
8QoʻrgʻontepaXI—XVI asrlarBeliboyli MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
9Qoʻrgʻon ToshgʻuzortepaXIV—XVIII asrlarBeliboyli MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
10EshonshayittepaXI—XIV asrlarBeliboyli MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
11Qizlarxon otatepaXII—XVII asrlarOʻzbekiston MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
12MunchoqtepaXIII—XIX asrlarOʻzbekiston MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
13QoʻrgʻontepaXVI—XVII asrlarOʻzbekiston MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
14MunchoqtepaIX—XII asrlarOʻzbekiston MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
15NomsiztepaIX—XII asrlarOʻzbekiston MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
16EskiqoʻrgʻontepaX—XI asrlarOʻzbekiston MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
17BoʻztepaXII—XVII asrlarTorqapchiq MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
18XoʻjaipoktepaIX—XII asrlarQoʻrgʻontosh MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
19QoʻrgʻontepaIX—XII asrlarQoʻrgʻontosh MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
20QoʻrgʻonsoyatepaIX—XIII asrlarOʻzbekiston MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
21Eski-uy qurilish qoldiqlariXI—XII asrlarOʻzbekiston MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
22Qarashina yodgorligiIX—XV asrlarOʻzbekiston MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
23Nomsiztepa IIX—XV asrlarOʻzbekiston MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
24Nomsiztepa IIIX—XIV asrlarOʻzbekiston MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
25Katta oʻra yodgorligiXII—XVII asrlarKoʻkabuloq QFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
26QoʻrgʻontepaX—XIII asrlarKoʻkabuloq QFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
27Koʻkabuloq otatepaXII—XIV asrlarKoʻkabuloq QFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
28DunyotepaIX—XIII asrlarKoʻkabuloq QFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
29QoʻrgʻontepaX—XVI asrlarKoʻkabuloq QFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
30ChoygultepaXV—XVII asrlarObirobon MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
31BoyqoʻrgʻontepaXII—XVII asrlarObirobon MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
32SochtepaXVI—XVIII asrlarObirobon MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
33BozortepaXII—XVII asrlarObirobon MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Arxitektura yodgorliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda jami 4 ta arxitektura yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.

Obyekt toʻliq nomiObyekt davriObyekt manziliKoʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1Oqsaroy qalʼasi[6]1890-yilOqrabod QFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
2Sari qoya togʻ[7]XVIII asrDehqonobod MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
3Rabot[8]1910-yilDehqonobod MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
4Kalta minor masjidiXVIII asrObod MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Monumental sanʼat yodgorliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda jami 2 ta monumental sanʼat yodgorligi milliy roʻyxatga kiritilgan.

Obyekt toʻliq nomiObyekt davriObyekt manziliKoʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1Mirzo Ulugʻbek haykali1980-yilDehqonobod MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
2Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga oʻrnatilgan yodgorlik1980-yilDehqonobod MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda jami 1 ta diqqatga sazovor joy milliy roʻyxatga kiritilgan.

Obyekt toʻliq nomiObyekt davriObyekt manziliKoʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1Xoʻjai pok ota maqbarasiXVII asrQoʻrgʻontosh MFYDavlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
  1. „Dehqonobod tumaniga yangi hokim tayinlandi“. Kun.uz. Web Expert (2024-yil 24-fevral). Qaraldi: 6-aprel 2025-yil.
  2. 1 2 „Hududlar bo`yicha shahar va qishloq aholisi soni“. qashstat.uz. Qashqadaryo viloyati Statistika boshqarmasi. Qaraldi: 6-aprel 2025-yil.
  3. "Dehqonobod tumani" OʻzME. D-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-mart.
  5. „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz (4-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 16-mart 2023-yil.
  6. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-mart.
  7. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-mart.
  8. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-mart.