Kontent qismiga oʻtish

Davriy kasr

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Davriy kasr — raqamlarining bir qismi cheksiz takrorlanadigan cheksiz oʻnli kasr. Masalan, 3,19272727...; bu kasrni qisqacha 3,19(27) kabi yozish mumkin, yaʼni davr deb ataluvchi cheksiz takrorlanadigan raqamlar qismi qavs ichiga olingan (bu misolda "davrda 27" deyiladi). Agar davriy kasrning davri verguldan keyin darhol boshlansa (masalan, 5,767676...), bundan kasr sof davriy kasr deyiladi, agar verguldan keyin davr oldida raqamlar boʻlsa (masalan, 4,21666...), bunday kasr aralash davriy kasr deyiladi. Har bir ratsional son (ya’ni oddiy kasr) o‘nli kasr ko‘rinishida ifodalanganda doimo chekli o‘nli kasr yoki davriy kasr hosil bo‘ladi. Har bir davriy kasrni oddiy kasrga aylantirish mumkin, ya’ni u biror ratsional songa teng bo‘ladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil