Chelak
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Chelak — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi shahar (1981-yildan). Ilgari uning oʻrnida Oytamgʻali qishlogʻi boʻlgan. Chelak shahri Chelak tumani markazi sifatida xizmat qilgan boʻlsada, hozir Chelak tumani Payariq tumani qayta qoʻshilgani bois tuman markaz boʻlmasada, bir qancha maʼmuriy idoralarni oʻzida jamlagan. Chelak shahri Payariq tuman markazidan 8 km uzoqlikda joylashgan. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Samarkand (36 km). Aholisi 16,6 ming kishini tashkil etadi (2000).
Xoʻjaliklari va aholisi Payariq kanalidan suv oladi. Shahardagi korxona va mikrofirmalar asosan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Chelak paxta tozalash zavodi 800 dan ortiq ishchini ish bilan taʼminlaydi. Chelakda Oʻzbekiston —Rossiya „BaltimorChelak“ qushma korxonasi (tomat pastasi ishlab chiqaradi) faoliyat kursatadi. 6 ta savdo markazi, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 4 ta umumiy taʼlim maktabi, 6 MTM, bolalar musiqa maktabi, Chelak Transport kasbhunar kolleji, 3 ta kutubxona, 4 ta madaniyat uyi, stadion, sport zali, markaziy kasalxona, 10 ta dorixona va boshqa tibbiy muassasalar bor. Chelak oʻzining pistasi hamda qurti bilan mashhur. Chelak shahridan Buyuk ipak yoli oʻtgan hozir u joydan bozor sifatida foydalaniladi. Xalqi samimiy ajoib muomalaga ega. Chelak yaqinidagi Xartang qishlogʻida Buxoriy yodgorlik majmui barpo qilingan (1998). Hozir Al Buxoriy majmuasi atrofida keng uzgarishlar boʻlmoqda.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |