Carmona fathi
| Carmona fathi | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||
Vestgot qirolligi
|
Umaviylar xalifaligi
| ||||||
Carmona fathi – 712-yilda Muso bin Nusayr boshchiligidagi Umaviylar qoʻshini tomonidan Carmona shahrining muvaffaqiyatli bosib olinishi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arab manbalariga koʻra, 712-yil iyul oyida Umaviylar sarkardasi Muso ibn Nusayr 18 000 arab qoʻshini bilan Gibraltar boʻgʻozidan oʻtib, Ispaniyaga kirib kelgan. Toriq ibn Ziyodning erishgan yutuqlaridan xabar topgan Muso unga havas qilib, bu muvaffaqiyatlarda oʻzi ham ishtirok etishga qaror qilgan. Algecirasga yetib kelganidan soʻng, Julian boshchiligidagi vestgot yoʻlboshlovchilari Musoni hali bosib olinmagan muhim shaharlarni zabt etishga yetakladi. Shundan soʻng, Umaviylar Madina-Sidoniya shahriga yetib kelishdi va shahar hech qanday qarshilik koʻrsatmasdan ularga taslim boʻldi[1][2].
Vestgot yoʻlboshlovchilari Musoni Carmona shahriga yetaklab bordi. Shaharning Ispaniyadagi eng mustahkam hudud ekanligi, shu sababli uni toʻgʻridan-toʻgʻri hujum uyushtirish yoki qamal orqali egallab olish qiyin boʻlishi haqida ogohlantirdi. Umaviylar shaharga yetib kelgach, yoʻlboshlovchilar Musoga shaharga faqat sirli usul bilan kirish mumkinligini aytdi. Shundan soʻng, Muso bir reja tuzdi. Julianning qurollangan odamlarini shaharga yuborib, ularni jangdan qochgan askarlar sifatida taqdim etdi. Julianning odamlaridan baʼzilari Kordova darvozasiga yetib borib, nima boʻlgani haqida soʻzlab berdi va shahar garnizoni oʻz darvozalarini ularga ochib berdi. Shundan soʻng, tunda Muso otliq qoʻshinini shaharga yubordi. Yoʻlboshlovchilar darvozalarni ochib, musulmonlarga kirish imkonini berdi va ular soqchilarni oʻldirishdi. Shunday qilib, Carmona shahri musulmonlar qoʻliga oʻtdi[3][4][5].
Carmona shahri musulmonlar qoʻliga oʻtishi bilan Sevilla sharqidagi butun hududda vestgotlarning qarshiliklari barham topdi, bu esa Musoga Sevilla tomon harakatlanish imkonini berdi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- David James (2012), A History of Early Al-Andalus, The Akhbar Majmu'a.
- Reinhart Pieter Anne Dozy (1913), Spanish Islam, A History of the Moslems in Spain.
- Agha Ibrahim Akram (2004), The Muslim Conquest of Spain.