Algebraik ifoda
Algebraik ifoda - algebraik amallar (qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish, boʻlish, butun musbat darajaga koʻtarish va butun koʻrsatkichli ildiz chiqarish) ishoralari bilan biriktirilib, harf va sonlardan tuzilgan ifoda. Algebraik ifodada sonlar va harflarning ildiz ishoralari (radikallar) qatnashmasa, bunday ifoda ratsional algebraik ifoda deyiladi, agar radikallar qatnashsa irratsional algebraik ifoda deyiladi. Agar ratsional algebraik ifodada harfli ifodaga boʻlish amali qatnashmasa, bunday algebraik ifoda butun, agar qatnashsa, kasrli algebraik ifoda deyiladi. Diqqat bilan eʻtibor qilsak shuni koʻramizki, f(x)=0 tenglamaning taqribiy yechimlarini vatarlar va urinmalar usuli bilan topganda aniq yechimga ikki chekkadan yaqinlashib kelinadi. Shuning uchun ikkala usulni bir vaqtning oʻzida qoʻllash natijasida maqsadga tezroq erishish mumkin. Bu usulni kombinatsiyalangan usul deb ataydilar. Kombinatsiyalangan usul yuqorida keltirilgan usullarning umumlashmasi boʻlgani tufayli bu toʻgʻrida koʻp toʻxtalmaymiz.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Milliy Ensiklopеdiyasi
- (Arxiv.uz) (Wayback Machine saytida 2017-04-24 sanasida arxivlangan)
| Fanlar haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |