karam
bilan ulashing
Poliz ekini, rezavorning bir turi va shu ekinning barglari oʻramidan hosil boʻlgan boshi, hosili.
-
Karam koʻchati. Karam tuzlamoq. Karam shoʻrva. Karam doʻlma.
-
Butun oilasi bu yerga pomidor, piyoz, rediska, karam va hokazo rezavor ekib, mumkin qadar eldan burunroq bozorga chiqarib, pul qilishga tirishar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
kitobiy Marhamat, muruvvat, himmat.
-
[Shohmurod:] Tangrining karamiga sigʻinib, ularni Astrobod tomonga joʻnatdim, Xudoyim lutf qilsa, biron ish qilib kelarlar. S. Ayniy, Qullar
-
Mehnatda boʻlur ahli zamonning karami, Ham dabdabali toʻy-u imorat, hashami. Habibiy
karam soʻzi qatnashgan jumlalar:
Karam qilmoq (yoki aylamoq, etmoq)
-
Ey koʻzlari xumorim, Karam qil, buncha kuydirma, Kuydi sabr-u qarorim, Dilim kuyguncha kuydirma. T. Tula.
KARAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАРАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
karam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing